locale OZ

«Tottenhem» Touni bilan tarkibni kuchaytirmoqchi

U 2024 yil yozidan beri “Al-Ahli” sharafini himoya qilib kelmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Tottenhem» Touni bilan tarkibni kuchaytirmoqchi
ФОТО: Getty images

Saudiya Arabistonining “Al-Ahli” hujumchisi Ayven Touni qishda Angliya chempionatiga qaytishi mumkin, deb xabar bermoqda Football Insider.

Manbaga ko‘ra, “Tottenhem” hujumchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Klub Richarlison yoki Dominik Solankeni sotib yuborgan taqdirda, hujum chizig‘ini Touni bilan mustahkamlashni rejalashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Touni Yaqin Sharqqa yo‘l olishidan avval “Brentford”, “Nyukasl” va boshqa Angliya klublarida to‘p surgan.

U 2024 yil yozidan buyon “Al-Ahli” safida harakat qilmoqda. Shu vaqt davomida Ayven 59 o‘yinda maydonga tushib, 41 gol urgan va 8 assist amalga oshirgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting