“Tottenhem” Skalvini transferiga qiziqmoqda
Biroq hozircha ehtimoliy transfer summasi va muzokaralar tafsilotlari ma’lum qilinmagan.
Foto: Getty Images
Londonning “Tottenhem” klubi “Atalanta” markaziy himoyachisi Jorjo Skalvinini o‘z safiga qo‘shish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Manbaga ko‘ra, “shporlar” 22 yoshli italiyalik futbolchiga jiddiy qiziqish bildirmoqda, biroq hozircha ehtimoliy transfer summasi va muzokaralar tafsilotlari ma’lum qilinmagan.
“Tottenhem” Skalvinini Kristian Romeroning ehtimoliy o‘rnini bosuvchi futbolchi sifatida ko‘rayotgan bo‘lishi mumkin. Romero yaqin vaqt ichida Madridning “Atletiko” klubiga o‘tishi kutilmoqda.
Skalvini o‘tgan mavsum barcha musobaqalarda 30 ta uchrashuv o‘tkazib, 3 ta gol va 1 ta golli uzatma qayd etdi. Uning “Atalanta” bilan shartnomasi 2028-yilgacha amal qiladi, Transfermarkt esa futbolchini 38 million yevroga baholamoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist