«Tottenhem» Senesi bilan kelishuvga erishdi – BBC
Londonning «Tottenhem» klubi «Bornmut»ning 29 yoshli himoyachisi Markos Senesi bilan kelishuvga erishdi, deb xabar bermoqda BBC.
Manbaning xabar berishicha, futbolchi bilan kelishuv shartlari deyarli kelishib olingan va oxirgi rasmiyatchiliklar qolgan. Avvalroq jurnalist va insayder Nikolo Skira ham X ijtimoiy tarmog‘ida Senesining «Tottenhem»ga o‘tishini ma’lum qilgandi.
London klubi futbolchi uchun kurashda avvalroq Senesiga qiziqish bildirgan «Manchester Yunayted» va «Chelsi»ni ortda qoldirdi.
Senesi o‘z faoliyatini «Feyenoord»da boshlagan va u yerdan 2022-yilda 15 million yevro evaziga «Bornmut»ga o‘tgan. Argentinalik futbolchi klub safida 128 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urgan va 10 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Ayni paytda Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, Senesining bozor qiymati 22 million yevroni tashkil etadi.