«Tottenhem» Savio borasida «Siti» bilan muzokara o'tkazmoqda
Photo: Getty Images
“Manchester Siti” vingeri Savio faoliyatini “Tottenhem”da davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Matteo Moretto xabar berdi.
Manbaga ko'ra, klublar braziliyalik 21 yoshli futbolchining transferi borasida muzokaralar olib bormoqda.
Muzokaralarda transfer qiymati 43 million funt bo'lishi haqida so'z borgan.
Savio o'tgan mavsumda “shaharliklar” safida barcha turnirlarda 48 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol va 13 assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ygan.
Ma'lumot uchun, futbolchi “Siti”ga o'tgan yozda 25 million yevro evaziga “Trua”dan kelib qo'shilgandi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist