«Tottenhem» Savinyo uchun 70 mln yevro taklif qilmoqchi
Фото: Getty Images
“Tottenhem” klubi “Manchester City” vingeri Savinyo transferi bo‘yicha taklif tayyorlamoqda. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “shporlar” tez orada futbolchi borasida “Manchester City”ga yangi taklif yuboradi.
Qayd etilishicha, “Tottenhem” Savinyo uchun 70 million yevrodan ko‘proq mablag‘ to‘lashga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, Savinyo 2024 yil yozida “Manchester City” tarkibiga qo‘shilgan edi. O‘tgan vaqt davomida braziliyalik futbolchi barcha musobaqalar doirasida 48 uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 3 ta gol va 13 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist