locale OZ

«Tottenhem» Sandro Tonali transferini eʼlon qildi

Tonali 2023 yilning yozidan buyon “Nyukasl” sharafini himoya qilib kelayotgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Tottenhem” Sandro Tonali transferini eʼlon qildi
ФОТО: Getty images

“Tottenhem” klubi oʻz rasmiy saytida “Nyukasl”dan italiyalik yarim himoyachi Sandro Tonali transferini amalga oshirganini rasman eʼlon qildi.

Qayd etilishicha, Tonalining transfer summasi bonuslar bilan birga 117 million yevroni (taxminan 100 million funt) tashkil etdi. Shu tariqa, 26 yoshli Sandro “Tottenhem” tarixidagi eng qimmat xaridga aylandi va londonliklar bilan 6 yillik shartnoma imzoladi. Futbolchining oʻzi bergan bayonotiga koʻra, uni “Tottenhem” loyihasi hamda oʻz hamyurti Roberto De Zerbi qoʻl ostida toʻp surish imkoniyati oʻziga jalb qilgan.

Sandro Tonali 2023 yilning yozidan buyon “Nyukasl” sharafini himoya qilib kelayotgandi.

Oʻtgan mavsumda italiyalik yarim himoyachi “qargʻalar” safida barcha turnirlarda 53 ta oʻyinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting