locale OZ

«Tottenhem» Romeroni «Arsenal»ga sotishga tayyor emas

Romeroning ayni paytdagi bozor qiymati 50 million yevro atrofida baholanmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Tottenhem Romeroni Arsenalga sotishga tayyor emas
ФОТО: Getty images

“Tottenhem” klubi jamoa sardori, markaziy himoyachi Kristian Romeroni Londondagi yana bir klub — “Arsenal”ga qo‘yib yuborishni istamayapti. Bu haqda The Sun xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 28 yoshli argentinalik futbolchi yozgi transfer oynasida jamoasini almashtirish variantini ko‘rib chiqmoqda. Romero xizmatlariga da’vogarlardan biri sifatida “Arsenal” ham tilga olinmoqda. Futbolchining o‘zi “kanonirlar” safiga o‘tishga qarshi emas.

Biroq “Tottenhem” rahbariyati o‘z kapitanini printsipial raqibga sotish niyatida emas. Shu sababli Romeroning “Arsenal”ga transferi hozircha murakkab ko‘rinishda.

Ayni paytda argentinalik himoyachini qo‘lga kiritishda asosiy da’vogar sifatida Madridning “Atletiko”si ko‘rilmoqda. Avvalroq futbolchiga Italiya klubi “Inter” ham qiziqish bildirgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Romero 2025/26 yilgi Angliya chempionatida “Tottenhem” safida 23 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol va 1 ta golli uzatma qayd etgan. U Chempionlar ligasida esa 8 ta o‘yinda 1 ta gol va 2 ta assist qayd etgan.

Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, Kristian Romeroning ayni paytdagi bozor qiymati 50 million yevro atrofida baholanmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting