“Tottenhem” Risharlison bilan shartnomani bekor qilishi mumkin
“Tottenhem” hujumchi Risharlison bilan shartnomani muddatidan oldin bekor qilish variantini ko‘rib chiqmoqda. talkSPORT ma’lumotiga ko‘ra, bosh murabbiy Roberto De Dzerbi 29 yoshli braziliyalik futbolchini jamoaning kelajak rejalariga kiritmayapti.
Risharlison yozgi transfer oynasida “Everton”ga qaytishi mumkin edi, biroq ushbu transfer amalga oshmadi. Keyinchalik “Trabzonspor” futbolchiga qiziqish bildirdi va hujumchi Turkiya klubi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib oldi. “Tottenhem” esa avvalroq 15 va 20 million funtlik takliflarni rad etgan.
Hozirda London klubi Risharlison bilan kelishuvni o‘zaro bekor qilish imkoniyatini ham muhokama qilmoqda. Bunday holatda futbolchi erkin agentga aylanadi va faoliyatini boshqa jamoada davom ettirish imkoniga ega bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, Risharlison 2022-yildan beri “Tottenhem” safida o‘ynab kelmoqda. U klub uchun barcha musobaqalarda 134 ta uchrashuv o‘tkazib, 32 ta gol urgan. Braziliyalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2027-yil yozigacha mo‘ljallangan.