locale OZ

«Tottenhem» Rafinyaga qiziqib qoldi

Rafinyaning o'zi esa "Barselona"da qolishni istamoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Tottenhem» Rafinyaga qiziqib qoldi
ФОТО: Getty images

"Barselona"ning braziliyalik vingeri Rafinya Dias Londondagi Tottenhem klubi transfer ro'yxatidan joy oldi. Bu haqda El Nasional xabar berdi.

Manbaga ko'ra, "shporlar" hujum chizig'ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda va Rafin'yani asosiy nomzodlardan biri sifatida ko'rib chiqmoqda.

Shuningdek, "Tottenhem" ro'yxatidan Kodi Gakpo ham joy olgan. Biroq, "Liverpul niderlandiyalik futbolchini sotilmaydigan o'yinchilardan biri deb hisoblamoqda.

Rafin'yaning o'zi esa "Barselona"da qolishni istamoqda. Shu sababli uning Angliya klubiga o'tish ehtimoli hozircha past baholanmoqda.

Braziliyalik futbolchi o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 33 ta uchrashuv o'tkazib, 21 ta gol urdi va 7 ta assist qayd etdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting