«Tottenhem» Qudusning jarohati sabab yangi hujumchiga ehtiyoj sezmoqda
Ganalik futbolchi yaqin bir necha uchrashuvlarni oʻtkazib yuboradi.
FOTO: Getty Images
«Tottenhem» hujumchisi Muhammad Qudus jarohati sabab yaqin o‘yinlarni o‘tkazib yuboradi.
Xabar qilinishicha, futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tgach, unda son mushagidan jarohat aniqlangan. Shu sababli Kudus bir necha uchrashuvlarda maydonga tusha olmaydi.
Manbaga ko‘ra, «shporlar» yetakchi futbolchisining yo‘qligidan kelib chiqib, qishki transfer oynasida yangi hujumchi izlash variantini ham ko‘rib chiqmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Muhammad Qudus «Tottenhem»ga yozgi transfer oynasida «Vest Hem»dan ko‘chib o‘tgandi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, transfer qiymati 63,8 million yevroni tashkil etgan.
Ganalik futbolchi joriy mavsumda APL doirasida 19 ta uchrashuv o‘tkazib, 2 ta gol va 6 ta golli uzatma muallifi bo‘lgan.
Nasrullo Karimov
Jurnalist