«Tottenhem» qishki transferlar vaqtida Andrey Lunin bilan shartnoma imzolamoqchi
Ukrainalik darvozabonning «Real» bilan shartnomasi 2030 yilga qadar amal qiladi.
FOTO: Getty Images
Londonning «Tottenhem» klubi Madridning «Real» jamoasi darvozaboni, ukrainalik Andrey Luninga qiziqish bildirmoqda va uni yanvarda sotib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda taniqli insayder Ekrem Konur xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Lunin bilan «Brayton» va «Nottingem Forest» klublari ham qiziqmoqda.
Andrey Luninga 26 yosh. U «Real» safida 2018 yildan beri faoliyat yuritadi. Hozirgi mavsumda u zaxira darvozabon sifatida faqat 2 ta o‘yin o‘tkazgan — biri Chempionlar Ligasi, ikkinchisi Ispaniya Kubogida. Uning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil iyun oyigacha mo‘ljallangan.
Transfermarkt portali Andrey Luninning bozor qiymatini 15 million yevro deb baholamoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist