locale OZ

«Tottenhem» qishki transferlar uchun 150 million funt ajratdi

Londonliklar uchun asosiy maqsad Antuan Semenyu hisoblanadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Tottenhem» qishki transferlar uchun 150 million funt ajratdi
FOTO: Getty Images

«Tottenhem» rahbariyati yaqinlashib kelayotgan transfer oynasi uchun futbolchilar xaridiga 150 mln funt sterling mablag‘ ajratdi. Bu haqda The Sun nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, londonliklarning asosiy transfer maqsadi «Bornmut» vingeri Antuan Semenyu hisoblanadi. Biroq ganalik futbolchining «Tottenhem»ga o‘tishi ehtimoli past ekani ta’kidlanmoqda.

Shu bilan birga, «shporlar» o‘tgan yozda qiziqish bildirgan «Manchester Siti» qanot hujumchisi Savio nomzodiga yana qaytishi mumkin.

Angliya chempionatining 17-turidan so‘ng Tomas Frank shogirdlari 22 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 14-o‘rinni egallab turibdi. APLning 18-turida «Tottenhem» 28 dekabr kuni «Kristal Pelas»ga qarshi maydonga tushadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting