«Tottenhem» Pulishichni APLga qaytarmoqchi
Futbolchining Italiya grandi bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo'ljallangan.
ФОТО: Getty images
“Milan” vingeri Kristian Pulisich APLga qaytishi mumkin. Bu haqda GiveMeSport xabar berdi.
Qayd etilishicha, Londondagi “Tottenhem” klubi 27 yoshli amerikalik futbolchiga qiziqish bildirmoqda.
Ma'lum qilinishicha, “rossoneri” futbolchini yozgi transfer oynasida taxminan 55 million yevroga qo'yib yuborishi mumkin.
Ma'lumot uchun, Pulisich 2023 yil iyul oyida “Chelsi”dan 20,8 million yevro evaziga “Milan” safiga qo'shilgandi.
Joriy mavsumda vinger barcha turnirlar doirasida 20 ta uchrashuvda ishtirok etib, 10 ta gol urdi va 2 ta assist amalga oshirdi.
Futbolchining Italiya grandi bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo'ljallangan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist