\"Tottenhem\" Porroga narx belgiladi
Photo: Getty Images
"Tottenhem" yozgi transferlar davrida qanot himoyachisi Pedro Porroni sotib yuborishga tayyor. Bu haqda Football Insider xabar berdi.
Manbaga ko'ra, “taqachilar” futbolchi uchun 58,5 mln yevro narx belgilagan. “Manchester Siti” esa 25 yoshli futbolchiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. “Tottenhem” qo'yilgan narxni to'laydigan xaridor chiqsa, uni sotib yuborishini ma'lum qilgan.
Joriy mavsumda 25 yoshli Porro barcha turnirlarda 46 ta uchrashuvda qatnashib, 3 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist