locale OZ

“Tottenhem” Pap Matar Sarr bilan xayrlashishi mumkin

Bunga “Tottenhem”ning Mateush Fernandesh va Sandro Tonalini o‘z safiga qo‘shib olgani sabab bo‘lgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Tottenhem” Pap Matar Sarr bilan xayrlashishi mumkin
Foto: Getty Images

“Tottenhem” yarim himoyachisi Pap Matar Sarr yozgi transfer oynasi yakuniga qadar klubni tark etishi mumkin. CaughtOffside ma’lumotiga ko‘ra, 23 yoshli senegallik futbolchi jamoadagi raqobat kuchaygani sabab kelajagi haqida o‘ylab qolgan.

Bunga “Tottenhem”ning Mateush Fernandesh va Sandro Tonalini o‘z safiga qo‘shib olgani sabab bo‘lgan. Ushbu transferlardan so‘ng markaziy yarim himoya chizig‘idagi raqobat sezilarli darajada oshgan.

Manbaga ko‘ra, London klubi Sarr bo‘yicha tushadigan takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. Futbolchiga “Brentford”, “Aston Villa” va Saudiya Arabistonining “Al-Ahli” klublari qiziqish bildirmoqda. “Tottenhem” uning transferidan taxminan 58,5 million yevro ishlab olishni rejalashtirgan.

Ma’lumot uchun, Pap Matar Sarr o‘tgan mavsum barcha musobaqalarda 37 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting