locale OZ

“Tottenhem” o'z tarkibini “Chelsi” futbolchisi bilan kuchaytirmoqchi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Tottenhem” o'z tarkibini “Chelsi” futbolchisi bilan kuchaytirmoqchi
FOTO: Getty Images

Londonning “Chelsi” klubi Kristofer Nkunku yozgi transferlar vaqtida jamoasini o'zgartirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, fransiyalik futbolchiga “Tottenhem” qiziqish bildirmoqda. Ta'kidlanishicha, Nkunku faoliyatini Angliyada davom ettirishni afzal ko'rmoqda.

Biroq, “Bavariya” yana unga taklif bildirsa, futbolchi bu haqda o'ylab ko'radi. Myunxen klubi yarim himoyachiga o'tgan qishda qiziqish bildirgan edi.

Ma'lumot uchun, Nkunku o'tgan mavsum barcha turnirlarda 42 ta o'yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 45 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting