«Tottenhem» Meyson Grinvudga qiziqish bildirmoqda
Londonliklar kelasi mavsum uchun hujum chizigʻini mustahkamlashni maqsad qilgan.
FOTO: Getty Images
Londonning «Tottenhem» klubi «Marsel» hujumchisi Meyson Grinvudga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar berdi.
Manbaga koʻra, «taqachilar» kelasi mavsum oldida hujum chizigʻini kuchaytirish uchun tezkor va dinamik futbolchi izlamoqda, Grinvud esa bu mezonlarga toʻliq javob beradi.
Qayd etilishicha, Grinvud uchun kurashda «Tottenhem»ga «Barselona», «Atletiko» va «Vest Hem» raqobatchi boʻlishi mumkin.
Maʼlumot uchun, 24 yoshli angliyalik hujumchi joriy mavsum barcha turnirlarda 12 ta oʻyinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 40 million yevroga baholanmoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist