“Tottenhem” Meddisonning jarohati sabab yana bir yo‘qotishga uchradi
“Tottenhem” yarim himoyachisi Jeyms Meddison APLning 1-turida “Brentford”ga qarshi uchrashuvda jarohat oldi. London klubi mazkur bahsda 0:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
29 yoshli futbolchi uchrashuvning 68-daqiqasida zaxiradan maydonga tushgan, biroq oradan ko‘p o‘tmay noqulay yiqilishi ortidan yelkasidan jarohat olgan. Tibbiy tekshiruv natijasida uning yelka suyagida kichik sinish aniqlangan.
Jarohat jiddiy deb baholanmayapti. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Meddison taxminan 10 kun–ikki hafta davomida maydondan tashqarida bo‘lishi mumkin. Shu sababli u yaqin uchrashuvlarni, jumladan, “Nyukasl”ga qarshi bahsni ham o‘tkazib yuborishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, Meddison bundan avval uzoq vaqt davomida tizzasidagi xochsimon bog‘lam jarohati sabab maydonga tusha olmagandi. U 2026-yil yozida to‘liq tiklanib, yangi mavsum oldidan jamoa mashg‘ulotlariga qaytgandi.