locale OZ

«Tottenhem» Mateush Fernandesh uchun «Vest Hem»ga 70 million yevro taklif qilishga tayyor

Shuningdek, unga «Real» va «MYU» ham qiziqish bildirmoqda.
Futbol
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
«Tottenhem» Mateush Fernandesh uchun «Vest Hem»ga 70 million yevro taklif qilishga tayyor
FOTO: Getty Images

«Tottenhem» yarimhimoyachi Mateush Fernandeshning transferi uchun «Vest Hem»ga 70 million yevro miqdorida taklif yuborishga tayyor. Bu haqda italiyalik insayder Nikolo Skira X ijtimoiy tarmogʻida xabar bermoqda.

«Shporlar» futbolchi uchun faol kurashga kirishmoqchi. Shu bilan birga, «Tottenhem» ushbu oʻyinchiga daʼvogarlik qilayotgan yagona klub emas. Taʼkidlanishicha, Fernandesh hamon Madridning «Real» va «Manchester Yunayted» klublari qiziqishlari doirasida qolmoqda. Yarim himoyachi uchun transfer poygasi davom etmoqda.

Yakunlangan 2025/2026-yilgi mavsumda 21 yoshli portugaliyalik xavbek «Vest Hem» safida barcha turnirlarda 42 ta oʻyinda maydonga tushdi. Uning hisobida 5 ta urilgan gol va 5 ta golli uzatma mavjud.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting