“Tottenhem” Marmush va Savio transferlarini tezlashtirmoqchi
Londonning “Tottenhem” klubi “Manchester Siti” futbolchilari Omar Marmush va Savioni o‘z safiga qo‘shib olish uchun muzokaralarni tezlashtirmoqchi. Insayder Fabritsio Romano ma’lumotiga ko‘ra, “shporlar” ushbu ikki transferni imkon qadar tezroq yakunlashga harakat qilmoqda.
Manbaga ko‘ra, “Tottenhem”ning yozgi transfer rejasi o‘zgarishsiz qolgan. Klub transfer oynasi yopilguniga qadar bitta markaziy hujumchi va ikkita vinger sotib olishni maqsad qilgan. Marmush hamda Savio ayni paytda asosiy nomzodlar qatorida turibdi.
Agar Savio transferi amalga oshmasa, “Tottenhem” “Chelsi” vingeri Pedru Netuni muqobil variant sifatida ko‘rib chiqishi mumkin. Hozircha muzokaralar davom etmoqda va tomonlar yakuniy kelishuvga erishgani haqida ma’lumot yo‘q.
Ma’lumot uchun, Roberto De Zerbi boshchiligidagi “Tottenhem” yangi APL mavsumining ilk turida 22-avgust kuni safarda “Brentford”ga qarshi maydonga tushadi.