Tottenhem Marmush uchun da’vogarlik qilmoqda
“Manchester Siti” hujumchisi Omar Marmush faoliyatini Angliya Premer-ligasidagi boshqa klubda davom ettirishi mumkin.
Insayder The Real Tolmie's Hairdoo xabariga ko‘ra, 26 yoshli Misr milliy jamoasi futbolchisiga Londondagi “Tottenhem” klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, “shaharliklar” Marmushni joriy yil boshida 75 million yevro evaziga o‘z safiga qo‘shib olgan edi. Biroq hujumchi hozircha kutilgan darajada samaradorlik ko‘rsata olmadi.
Joriy mavsumda Omar Marmush barcha musobaqalarni inobatga olgan holda 15 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol va 1 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi. Futbolchining “Manchester Siti” bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan.
Transfermarkt portaliga ko‘ra, Marmushning hozirgi bozor qiymati 65 million yevroni tashkil etadi.