«Tottenhem» «Liverpul» himoyachisini sotib olmoqchi
Angliyaning «Liverpul» klubi chap qanot himoyachisi Endryu Robertson jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Shotlandiyalik futbolchin «Tottenhem» o‘z safiga qo‘shib olishga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda jurnalist Florian Plettenberg ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, «shporlar» Robertsonni aynan qishki transfer oynasida sotib olishni rejalashtirmoqda. Futbolchining o‘zi bilan og‘zaki kelishuvga erishilgan, hozirda klublar o‘rtasida muzokaralar olib borilmoqda.
Endryu Robertson 2017 yil yozidan buyon «Liverpul» safida to‘p surib kelmoqda. Shu vaqt davomida u barcha musobaqalarda 362 ta uchrashuvda maydonga tushib, 12 ta gol va 68 ta golli uzatma muallifiga aylangan.
«Transfermarkt» portali ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 12 million yevroni tashkil etadi.