\"Tottenhem\" Kudus uchun 45 mln yevro sarflamoqchi
Photo: Getty Images
"West Ham" vingeri Muhammad Kudus faoliyatini Angliya Premyer-ligasining boshqa bir klubida davom ettirishi mumkin.
Goal xabariga ko'ra, 24 yoshli ganalik futbolchini Londonning "Tottenhem" klubi o'z safiga qo'shib olmoqchi. Afrikalik futbolchining transfer narxi 45 million yevroga baholanmoqda.
Avvalroq "Chelsi" ham Kudus bo'yicha taklif tayyorlayotgani xabar qilingandi.
Muhammad o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 35 ta o'yin o'tkazib, 5 ta gol va 4 ta assist qayd etdi. Futbolchining "bolg'achilar" bilan amaldagi mehnat shartnomasi muddati 2028 yil iyun oyi oxirida tugaydi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist