locale OZ

“Tottenhem” Kristian Pulishich transferi bo‘yicha so‘rov yubordi

Uning “Milan” bilan amaldagi shartnomasi 2027-yil yozigacha mo‘ljallangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Tottenhem” Kristian Pulishich transferi bo‘yicha so‘rov yubordi
Foto: Getty Images

Londonning “Tottenhem” klubi “Milan” vingeri Kristian Pulishichni o‘z safiga qo‘shishga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Tottenhem” 27 yoshli amerikalik futbolchining transfer shartlarini bilish maqsadida “Milan”ga dastlabki so‘rov yuborgan. Londonliklar hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun bir nechta variantlarni ko‘rib chiqmoqda.

Qayd etilishicha, “Tottenhem” Kodi Gakpo transferini amalga oshira olmaganidan keyin Pulishich variantiga jiddiyroq e’tibor qarata boshlagan. Gakpo esa faoliyatini “Manchester Siti”da davom ettirishni afzal ko‘rgani aytilmoqda.

Ma’lumot uchun, Pulishich o‘tgan mavsum “Milan” safida barcha musobaqalarda 34 ta uchrashuv o‘tkazib, 10 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma amalga oshirdi. Uning Italiya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2027-yil yozigacha mo‘ljallangan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting