locale OZ

«Tottenhem» Kolo Muanini to‘liq sotib olmoqchi

Bu haqda Tuttosport nashri xabar berdi.
Futbol
Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
“Tottenhem” Kolo Muanini to‘liq sotib olmoqchi
ФОТО: Getty images

Londonning “Tottenhem” klubi PSJ hujumchisi Randal Kolo Muanini o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Tuttosport nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “shporlar” fransiyalik hujumchi bilan shartnoma imzolashni istamoqda. Jamoa bosh murabbiyi Roberto De Zerbi Kolo Muanining iqtidorini yuqori baholaydi va uni hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun muhim nomzod sifatida ko‘rmoqda.

Qayd etilishicha, PSJ futbolchini sotib olish huquqi bilan ijaraga berish variantini ko‘rib chiqishga tayyor. Bunday bitimning umumiy qiymati taxminan 40 million yevroga baholanmoqda.

Shuningdek, Kolo Muaniga Turinning “Yuventus” klubi ham da’vogar bo‘lib turibdi. Italiya grandi o‘tgan yozdan buyon hujumchini o‘z safiga qo‘shib olish uchun faol harakat qilmoqda.

2025/2026 yilgi mavsumda Randal Kolo Muani ijara asosida “Tottenhem” safida to‘p surib, barcha musobaqalarda 41 ta uchrashuvda ishtirok etdi. Ushbu bahslarda u 5 ta gol urib, 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, 26 yoshli hujumchining bozor qiymati 20 million yevroga teng.

Asosiy voqealarni kuzatib boring!
Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting