“Tottenhem” Kodi Gakpo transferi bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Hozircha tomonlar o‘rtasida rasmiy kelishuvga erishilgani yo‘q.
Foto: Getty Images
“Tottenhem” “Liverpul” hujumchisi Kodi Gakponi o‘z safiga qo‘shishga qiziqish bildirmoqda.
Insayder Fabritsio Romano ma’lumotiga ko‘ra, London klubi niderlandiyalik futbolchining vakillari bilan ehtimoliy transfer yuzasidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni boshlagan.
“Tottenhem” Gakpoga iyul oyidayoq qiziqish bildirgan, biroq o‘sha paytda rad javobini olgan edi. Endi transferning amalga oshishi “Liverpul”ning pozitsiyasi, kelishuvning moliyaviy shartlari va Bredli Barkolaning ehtimoliy transferiga bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Gakpo o‘tgan mavsumda barcha musobaqalarda 52 ta uchrashuvda maydonga tushib, 9 ta gol va 6 ta golli uzatma qayd etdi. Uning transfer qiymati 60 million yevroga baholanmoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist