locale OZ

«Tottenhem» klub tarixidagi eng yomon natijani qayd etdi

«Shporlar» ketma-ket oltita oʻyinda magʻlubiyatga uchradi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Tottenhem» klub tarixidagi eng yomon natijani qayd etdi
FOTO: Getty Images

Angliyaning «Tottenhem» klubi UEFA Chempionlar Ligasining 1/8 finalida «Atletiko»dan uchralgan 2:5 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng, klub tarixidagi eng yomon natijani qayd etdi.

Opta Sport statistik portalining xabar berishicha, «shporlar» o‘z tarixida ilk bor barcha turnirlarni hisobga olgan holda ketma-ket oltita rasmiy uchrashuvda mag‘lubiyatga uchradi. Bundan avvalroq, jamoa Angliya Premyer-ligasida ham beshta o‘yin davomida g‘alaba qozona olmagan edi.

Ushbu omadsiz seriya fonida klub rahbariyati bosh murabbiy Tomas Frankni iste’foga chiqardi. Hozirgi kunda jamoani xorvatiyalik mutaxassis Igor Tudor boshqarmoqda.

Jamoalar o‘rtasidagi javob uchrashuvi 18 mart, chorshanba kuni Londondagi «Tottenham Hotspur» stadionida bo‘lib o‘tadi. Igor Tudor shogirdlarini bunga qadar Angliya Premyer-ligasi doirasida «Liverpul»ga qarshi qiyin safar uchrashuvi kutib turibdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting