locale OZ

«Tottenhem» Kanye Uestga oʻz stadionida konsert berishga ruxsat bermadi

Shuningdek, bunga «Pepsi» kompaniyasi ham qarshi chiqdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Tottenhem» Kanye Uestga oʻz stadionida konsert berishga ruxsat bermadi
FOTO: Getty Images

Londonning «Tottenhem» klubi amerikalik reper va prodyuser Kanye Uestga o‘z stadionida konsert berishga ruxsat bermadi. Daily Mail nashrining xabar berishiga ko‘ra, bunga artistning antisemitizm ruhidagi bayonotlari hamda klubning yahudiylar jamoasi bilan bo‘lgan tarixiy aloqalari sabab bo‘lgan.

Stadiondagi rad javobidan so‘ng reper «Wireless Festival» festivalida chiqish qilish uchun taklif qilindi. Biroq ushbu qaror keskin tanqidlarga sabab bo‘ldi va natijada ikki yirik homiy tadbirda ishtirok etishdan bosh tortdi.

«Pepsi» kompaniyasi Kanye Uestning festival xedlayneri sifatida ishtirok etishiga norozilik bildirib, homiylikni to‘xtatishini e’lon qildi. Bir necha soat o‘tgach, tarkibiga «Guinness», «Johnnie Walker» va «Captain Morgan» brendlari kiruvchi «Diageo» kompaniyasi ham «Pepsi»ning qaroriga qo‘shildi.

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer mazkur vaziyatga munosabat bildirib, festival tashkilotchilarining Kanye Uestni taklif qilish haqidagi qarorini «chuqur tashvish uyg‘otuvchi holat» deb atadi. Shuningdek, u reperning avvalgi chiqishlarini inobatga olgan holda, uning mamlakatga kirishini taqiqlash ehtimoli mavjudligini qayd etdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting