locale OZ

«Tottenhem» joriy mavsum YChLdagi ilk magʻlubiyatini qabul qilib oldi

«Taqachilar» safarda «PSJ»ga imkoniyatni boy berdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Tottenhem» joriy mavsum YChLdagi ilk magʻlubiyatini qabul qilib oldi
FOTO: Getty Images

«Tottenhem» joriy mavsum Chempionlar ligasidagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. Turnirning umumiy bosqichi 5-turida londonliklar «PSJ»ga 3:5 hisobida imkoniyatni boy berishdi.

Bungacha «Tottenhem» «Vilyarreal»ni 1:0, «Kopengagen»ni 4:0 hisobida magʻlub etgandi, shuningdek, «Budyo-Glimt» bilan 2:2 va «Monako» bilan 0:0 hisobida durang o‘ynagandi.

Ayni paytda «Tottenhem» Chempionlar ligasi umumiy bosqichi turnir jadvalida 8 ochko bilan 16-pog‘onani egallab turibdi. «PSJ» esa 12 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. Jadval peshqadami — 15 ochko jamg‘argan «Arsenal».

Keyingi turda «Tottenhem» «Slaviya»ga qarshi maydonga tushadi, «PSJ» esa «Atletik» bilan kuch sinashadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting