locale OZ

«Tottenhem» Igor Tudorga oʻrinbosar qidirish ishlarini tezlashtirdi — manba

«Liverpul»ga qarshi oʻyin xorvatiyalik mutaxassis uchun «shporlar» boshqaruvidagi soʻnggisi boʻlishi mumkin.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Tottenhem» Igor Tudorga oʻrinbosar qidirish ishlarini tezlashtirdi — manba
FOTO: Getty Images

«Tottenhem» klubi bosh murabbiy Igor Tudorga o‘rinbosar qidirish ishlarini jadallashtirgan. Xorvatiyalik mutaxassisning kelajagi borasidagi yakuniy qaror 15 mart kuni Angliya chempionatining 30-turi doirasida «Liverpul»ga qarshi o‘tadigan o‘yindan so‘ng qabul qilinadi. Bu haqda The Athletic jurnalisti Devid Ornshtein xabar bermoqda.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, klub rahbariyati murabbiylik masalasida hali aniq to‘xtamga kelmagan. Hozirgi kunda «shporlar» yangi murabbiyga uzoq muddatli shartnoma taklif qilish yoki vaqtinchalik mutaxassisni jalb etish variantlarini birdek ko‘rib chiqmoqda.

Igor Tudor «Tottenhem» bosh murabbiyi lavozimida joriy yilning 14 fevralidan buyon ishlab kelmoqda. Uning klub bilan tuzgan mehnat shartnomasi joriy mavsum yakuniga qadar amal qiladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting