«Tottenhem» Igor Tudor oʻrniga Shon Daychni olib kelmoqchi
«Tottenhem» klubi rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Igor Tudorning o‘rniga Shon Daych nomzodini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar bermoqda.
Manbaning ma’lum qilishicha, London klubi hozirgi holatda ularga Angliya chempionatida boy tajribaga ega, ayniqsa, ligada jon saqlab qolish uchun kurashishni biladigan mutaxassis kerak, deb hisoblamoqda. Ta’kidlanishicha, 54 yoshli mutaxassis jamoani hoziroq qabul qilib olishga tayyor.
Avvalroq, TEAMtalk nashri «Tottenjem» yaqin vaqt ichida Tudorni iste’foga chiqarishi haqida xabar bergan edi. Shon Daychning so‘nggi ish joyi «Nottingem Forest» bo‘lib, u yerda 2025 yil oktyabridan 2026 yil fevraligacha faoliyat yuritgan.
APLning 31-turidan so‘ng «shporlar» 30 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida 17-o‘rinni egallab turibdi.