«Tottenhem» Igor Tudor bilan shartnomani muddatidan avval bekor qilishi mumkin
Klub rahbariyati jamoaning hozirgi natijalaridan jiddiy xavotirda.
FOTO: Getty Images
«Tottenhem» rahbariyati jamoaning qoniqarsiz natijalari sababli bosh murabbiy Igor Tudor bilan shartnomani muddatidan oldin bekor qilish masalasini ko‘rib chiqmoqda. indykaila News xabariga ko‘ra, klub rahbariyati jamoaning hozirgi holatidan jiddiy xavotirda.
Garchi xorvatiyalik mutaxassis yaqindagina jamoani qabul qilib olgan bo‘lsa-da, direktorlar kengashining sabr kosasi to‘lib bormoqda. Tudorning taqdiri yaqin o‘yinlardagi natijalarga bog‘liq bo‘ladi. Klub rahbariyati «shporlar»ning moliyaviy va obro‘ jihatidan Premyer-ligadan tushib ketishiga yo‘l qo‘ya olmasliklarini ta’kidlamoqda.
Shu sababli, rahbariya Tudor iste’foga chiqarilgan taqdirda uning o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan nomzodlar bilan dastlabki muzokaralarni boshlab yuborgan.
Nasrullo Karimov
Jurnalist