«Tottenhem» Igor Tiagoga qiziqmoqda
"Tottenhem" klubi "Brentford" hujumchisi Igor Tiagoga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda The Sun nashri xabar tarqatmoqda.
Manbaga ko'ra, braziliyalik futbolchini "Nyukasl" va "Aston Villa" klublari ham kuzatib bormoqda.
"Brentford" 24 yoshli hujumchini 70 million yevroga baholamoqda. Belgilangan narx futbolchining joriy qishki transfer oynasida boshqa klubga o'tishini qiyinlashtirmoqda.
"Tottenhem" futbolchini ijaraga olish variantini ko'rib chiqmoqda, ammo "Brentford" ushbu taklifni jiddiy deb hisoblamayapti.
Joriy mavsumda Igor Tiago barcha musobaqalar doirasida 16 ta uchrashuvda maydonga tushib, 12 ta gol muallifi bo'ldi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, uning bozor qiymati 35 million yevroni tashkil etadi.