locale OZ

«Tottenhem» Icardini transferidan voz kechdi

Icardining so‘nggi klubi Turkiyaning «Galatasaray» jamoasi bo‘lgan.
«Tottenhem» Icardini transferidan voz kechdi
ФОТО: Getty images

«Galatasaray»ning sobiq hujumchisi Mauro Icardi Londonning «Tottenhem» klubi futbolchisiga aylanmaydi. Bu haqda Football Insider xabar berdi.

Avvalroq Angliya klubi 33 yoshli argentinalik hujumchini o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani haqida ma’lumotlar tarqalgan edi. Ayni paytda Icardi erkin agent maqomida bo‘lib, yangi jamoaga tekinga qo‘shilishi mumkin.

Biroq manba ma’lumotiga ko‘ra, «Tottenhem» rahbariyati futbolchini taklif qilmaslikka qaror qilgan.

Icardining so‘nggi klubi Turkiyaning «Galatasaray» jamoasi bo‘lgan. U argentinalik hujumchi 2022-yildan 2026-yilgacha ushbu klub sharafini himoya qildi. Bu davr mobaynida Icardi barcha musobaqalar doirasida 134 ta uchrashuvda ishtirok etib, 77 ta gol urgan va 25 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting