locale OZ

“Tottenhem” himoyachisi “Liverpul”ga o‘tishga tayyor

ransfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, angliyalik futbolchining bozor qiymati 40 million yevroni tashkil etadi.
“Tottenhem” himoyachisi “Liverpul”ga o‘tishga tayyor
Foto: Getty Images

“Liverpul” “Tottenhem”ning o‘ng qanot himoyachisi Jed Spensga qiziqish bildirmoqda. Mersisaydliklar mudofaaning o‘ng qanotini kuchaytirishni rejalashtirgan va 25 yoshli futbolchini asosiy nomzodlardan biri sifatida ko‘rib chiqmoqda. Spensning o‘zi ham “Liverpul”ga o‘tish imkoniyatiga juda ijobiy munosabatda ekani aytilmoqda.

Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, angliyalik futbolchining bozor qiymati 40 million yevroni tashkil etadi. U o‘tgan mavsumda “Tottenhem” safida barcha musobaqalarda 44 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Spens himoyaning har ikki qanotida ham harakat qila oladi. Hozircha klublar o‘rtasida rasmiy muzokara boshlangani haqida ma’lumot yo‘q.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting