locale OZ

«Tottenhem» himoyachi Ben Devisni vaqtinchalik bosh murabbiy etib tayinlamoqchi

Avvalroq londonliklar Igor Tudorni isteʼfoga chiqargandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Tottenhem» himoyachi Ben Devisni vaqtinchalik bosh murabbiy etib tayinlamoqchi
FOTO: Getty Images

Londonning «Tottenhem» klubi vaqtinchalik bosh murabbiy lavozimiga jamoaning amaldagi himoyachisi Ben Devis nomzodini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda The Telegraph nashri xabar bermoqda.

«Shporlar» himoyachisi yanvar oyida to‘pig‘idan jarohat olganidan beri maydonga tushmayapti. Shu sababli, APL klubi rahbariyati 32 yoshli futbolchini mavsum yakuniga qadar bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi sifatida tayinlash variantini jiddiy o‘rganib chiqmoqda.

Ma’lum qilinishicha, Devis jamoadagi eng hurmatga sazovor o‘yinchilardan biri hisoblanadi va hozirda murabbiylik litsenziyasi uchun o‘qishni davom ettirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 29 mart kuni «Tottenhem» Igor Tudorni bosh murabbiy lavozimidan ozod etganini e’lon qildi. Uning qo‘l ostida jamoa 7 ta o‘yindan 5 tasida mag‘lub bo‘ldi. Ayni damda London klubi 30 ochko bilan APL turnir jadvalida 17-o‘rinni egallab turibdi va quyi ligaga tushib ketish zonasidan bor-yo‘g‘i bir ochko oldinda, xolos.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting