locale OZ

«Tottenhem» Gakponing transferi bo‘yicha «Liverpul» bilan muzokaralarni boshladi — TEAMtalk

Forvardga “RB Leyptsig” ham qiziqish bildirmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Tottenhem» Gakponing transferi bo‘yicha «Liverpul» bilan muzokaralarni boshladi — TEAMtalk
ФОТО: Getty images

“Tottenhem” hujumchi Kodi Gakponing ehtimoliy transferi yuzasidan “Liverpul” bilan dastlabki muhokamalarni o‘tkazdi, deb xabar bermoqda TEAMtalk.

London klubi 26 yoshli Niderlandiya terma jamoasi o‘yinchisi atrofidagi vaziyatni o‘rganmoqda va transfer shartlarini so‘ramoqda.

“Shporlar” bosh murabbiyi Roberto De Zerbi va seleksiya bo‘limi Gakponi “Manchester Siti” a’zosi Saviñoga muqobil variant sifatida ko‘rmoqda. “Tottenhem” rahbariyatining fikricha, niderlandiyalik futbolchi yuqori darajadagi o‘yinlar tajribasi evaziga tezroq natija keltirishi mumkin.

Futbolchining o‘zi yangi bosh murabbiy Andoni Iraola kelgani va ispaniyalik vinger Viktor Munyosning transferidan so‘ng “Liverpul”dagi holatidan xavotirda. Gakpo rotatsiya o‘yinchisi bo‘lib qolishni istamaydi, bu esa uni faoliyatini davom ettirish variantlarini o‘rganishga undamoqda.

“Tottenhem”dan tashqari, forvardga “RB Leyptsig” ham qiziqish bildirmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting