locale OZ

«Tottenhem» Dubravka transferini e’lon qildi

Uning “Byornli” bilan amaldagi shartnomasi yakuniga yetgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Tottenhem» Dubravka transferini e’lon qildi
ФОТО: Getty images

“Tottenhem” darvozaboni Martin Dubravka bilan shartnoma imzolaganini rasman tasdiqladi.

London klubi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, tajribali posbon 1-iyuldan boshlab jamoaga erkin agent sifatida qo‘shiladi. Uning “Byornli” bilan amaldagi shartnomasi yakuniga yetgan.

“Bu men uchun hayajonli davr. Yangi sarguzasht va oilam bilan birga yangi tajriba kutmoqda. Hammasi juda tez sodir bo‘ldi va bu yerda ekanimdan juda xursandman.

Men ko‘p yillardan beri Roberto De Zerbi jamoalarini kuzatib kelaman. Uning uslubi va qarashlarini yaxshi bilaman. Shuningdek, “Tottenhem” muxlislari haqida ham ko‘p yaxshi gaplarni eshitganman”, — dedi Dubravka.

Ma’lumot uchun, Martin Dubravka faoliyati davomida “Nyukasl”, “Sparta” Praga va “Byornli” klublarida o‘ynagan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting