locale OZ

«Tottenhem» Diyego Simeone bilan aloqaga chiqdi — manba

Ispaniyalik mutaxassis faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Tottenhem» Diyego Simeone bilan aloqaga chiqdi — manba
FOTO: Getty Images

Angliyaning «Tottenhem» klubi vakillari Madridning «Atletiko» jamoasi bosh murabbiyi Diyego Simeone bilan aloqaga chiqishdi.

Indykaila News nashrining ijtimoiy tarmoqlardagi xabariga ko‘ra, londonliklarga javoban argentinalik mutaxassis kelasi yozdan boshlab har qanday ish takliflarini ko‘rib chiqishga tayyor ekanligi bildirilgan.

Eslatib o‘tamiz, «Tottenhem» yaqinda 2025 yilning yozidan buyon jamoani boshqarib kelgan Tomas Frankni iste’foga chiqargan edi. Diyego Simeone esa 2011 yildan buyon «Atletiko»ni uzluksiz boshqarib kelmoqda.

Angliya Premyer-ligasining joriy mavsumidagi 26 turdan so‘ng, «Tottenhem» 29 ochko bilan turnir jadvalida 16-pog‘onani egallab turibdi. «Shporlar» navbatdagi uchrashuvni o‘z maydonlarida «Arsenal»ga qarshi o‘tkazishadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting