locale OZ

Tottenhem Devis bilan shartnomani uzaytirdi

U 2014 yildan beri "shporlar" safida o‘ynaydi
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Tottenhem Devis bilan shartnomani uzaytirdi
Photo: Getty Images

Angliyaning “Tottenhem” klubi himoyachi Ben Devis bilan kelishuvni yana uzaytirdi.

Qayd etilishicha, London klubi 32 yoshli futbolchi bilan 2026 yil yozigacha mo‘ljallangan shartnomani imzolagan.

U 2014 yildan beri “shporlar” safida to‘p surib keladi. U 10 yildan ortiq vaqt davomida klub safida to‘p surib kelmoqda.

O‘tgan mavsum Devis Angliya Premyer-ligasida 17 ta uchrashuvda maydonga tushgan.

Avvalroq klub bosh murabbiyi Anje Postekogluni iste’foga chiqargandi. Uning o‘rniga “Brentford” ustozi Tomas Frank kelishi kutilmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting