«Tottenhem» De Zerbining sobiq shogirdini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
«Tottenhem» yozgi transfer oynasida «Benfika» darvozaboni Anatoliy Trubinni sotib olishni rejalashtirmoqda, deb xabar bermoqda A Bola nashri.
Trubin muqaddam «shporlar»ning hozirgi bosh murabbiyi Roberto De Zerbi bilan birga ishlagan — o‘shanda italiyalik mutaxassis Donetskning «Shaxtyor» klubini boshqarar edi. Darvozabonning Lissabon klubi bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilga qadar mo‘ljallangan.
Eslatib o‘tamiz, «Benfika» Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining so‘nggi turida Madridning «Real» klubiga qarshi dramatik o‘yin o‘tkazgan edi. O‘shanda uchrashuvning 90+8-daqiqasida standart vaziyatdan so‘ng urilgan gol «burgutlar»ga durang taqdim etib, ularning ChL pley-off bosqichiga (24-o‘rinda) yo‘l olishini taʼminlagan edi.
Yakunlangan mavsumda Trubin «Benfika» tarkibida barcha turnirlarda 51 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Transfermarkt portali berayotgan maʼlumotlarga ko‘ra, ukrainalik posbonning transfer bahosi 25 million yevroni tashkil etadi.