locale OZ

«Tottenhem» De Zerbi bilan aloqaga chiqdi — manba

Avvalroq londonliklar Igor Tudorni isteʼfoga chiqargandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Tottenhem» De Zerbi bilan aloqaga chiqdi — manba
FOTO: Getty Images

«Tottenhem» klubi rahbariyati Igor Tudor iste’foga chiqarilgach, jamoani boshqarishga tayyorligini bilish maqsadida «Brayton» va «Marsel» sobiq bosh murabbiyi Roberto De Zerbi bilan aloqaga chiqdi. Biroq italiyalik mutaxassis yozga qadar kutishni afzal ko‘rmoqda, chunki u Premyer-ligada barqaror loyihada ishlash niyatida. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs ma’lum qildi.

Insayderning so‘zlariga ko‘ra, London klubi nomzodlar ro‘yxatida quyidagi mutaxassislar ham bor:

  1. Shon Daych
  2. Adi Xyutter
  3. Robbi Kin
  4. Kris Xyuton
  5. Garri Rednapp

Shuningdek, klub rahbariyati murabbiylar shtabiga «Tottenhem» tarixiga aloqador bo‘lgan insonni qo‘shish variantini ham ko‘rib chiqmoqda. Bunda u bosh murabbiy bo‘lmasa-da, shtabda muhim o‘rin tutishi nazarda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, Igor Tudor 14 fevraldan buyon jamoani boshqarib, 7 ta o‘yinda 5 ta mag‘lubiyat qayd etdi. Hozirda «shporlar» 30 ochko bilan 17-o‘rinda bormoqda va xavfli hududdan atigi bir ochko yuqorida turibdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting