«Tottenhem» De Dzerbini iste’foga chiqarmoqchi emas – manba
London klubi hali APLda g‘alaba qozonganicha yo‘q.
Фото: Getty Images
«Tottenhem» rahbariyati italiyalik mutaxassis Roberto De Dzerbinini iste’foga chiqarishni rejalashtirmayapti. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar bermoqda.
Mavsumni omadsiz boshlaganiga qaramay (6 ta o‘yinda 3 ochko), klubda De Dzerbi o‘z loyihalarini amalga oshirish uchun munosib murabbiy ekaniga ishonishmoqda. Rahbariyat natijalar yaxshilanishidan umid qilmoqda. Italiyalik mutaxassisning o‘zi ham jamoadagi faoliyatini davom ettirish niyatida. Manba ma’lumotlariga ko‘ra, uning o‘z xohishi bilan klubni tark etishidan xavotirlanish uchun ham asos yo‘q.
Yozda «Tottenhem» tarkibni kuchaytirish uchun katta mablag‘ sarfladi. Endi klub murabbiyga o‘zini ko‘rsatishi uchun vaqt bermoqchi.