locale OZ

«Tottenhem» bosh murabbiyligiga to‘rt nafar asosiy nomzod ma’lum bo‘ldi

Avvalroq londonliklar Tomas Frankni isteʼfoga chiqargandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Tottenhem» bosh murabbiyligiga to‘rt nafar asosiy nomzod ma’lum bo‘ldi
FOTO: Getty Images

Insayder Ben Yakobsning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida xabar berishicha, «Tottenhem»ning bo‘shab qolgan bosh murabbiylik kursisiga asosiy da’vogarlar aniqlangan.

Ro‘yxatda italiyalik Roberto De Zerbi va jamoaning sobiq ustozi, argentinalik Maurisio Pochettino yetakchilik qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, londonliklar bugun, 11 fevral kuni daniyalik mutaxassis Tomas Frankni iste’foga chiqarganini rasman e’lon qilgan edi.

Manbaning ta’kidlashicha, «shporlar» rahbariyati yana ikki nafar nomzodni ko‘rib chiqmoqda. Bular — ayni damda «Ferensvarosh»ni boshqarayotgan klub sobiq hujumchisi Robbi Kin hamda «Portu»da faoliyat yuritayotgan 36 yoshli mutaxassis Franchesko Farioli. Ma’lum qilinishicha, ushbu murabbiylarning nomzodlari klub ichki yig‘ilishlarida muhokama qilingan.

Ayni damda «Tottenhem» Premyer-ligada o‘ta og‘ir holatda: jamoa 26 turdan so‘ng 29 ochko bilan turnir jadvalining 16-pog‘onasida bormoqda. Xavfli hududdan (tushib ketish zonasidan) farq bor-yo‘g‘i besh ochkoni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting