«Tottenhem» bosh murabbiyligiga asosiy daʼvogarlar maʼlum bo‘ldi
"Shporlar" nomzod murabbiylar bilan muzokara o‘tkazmoqda.
ФОТО: Getty images
“Tottenhem” jamoasi bosh murabbiyligi uchun asosiy daʼvogarlar sifatida italiyalik Roberto De Zerbi hamda argentinalik mutaxassis Maurisio Pochetino ko‘rilmoqda. Bu haqda jurnalist va insayder Ben Jacobs xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “Tottenhem” rahbariyatining qisqa ro‘yxatida hozirda Roberto De Zerbi va argentinalik Maurisio Pochetinodan tashqari “Ferentsvarosh”ni boshqarayotgan londonliklarning sobiq hujumchisi Robbi Kin hamda “Portu”ni boshqarayotgan 36 yoshli Franchesko Farioli ham bor.
Klub avvalroq Tomas Frankni isteʼfoga chiqargandi. Bunga jamoaning qoniqarsiz natijalari sabab bo‘lgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist