locale OZ

«Tottenhem» bosh murabbiyi Igor Tudorning og‘ir judolikka uchradi

Mutaxassis «Nottingem Forest»ga qarshi oʻyindan soʻng otasi vafot etgani haqida xabar oldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Tottenhem» bosh murabbiyi Igor Tudorning og‘ir judolikka uchradi
FOTO: Getty Images

«Tottenhem» bosh murabbiyi Igor Tudorning otasi Mario Tudor vafot etdi. Bu haqda London klubining X ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasi xabar bermoqda.

Mutaxassis bu noxush xabarni Angliya Premyer-ligasining 31-turi doirasida o‘tkazilgan «Nottingem Forest»ga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyatdan (0:3) so‘ng eshitgan. Murabbiy oilaviy sabablarga ko‘ra o‘yindan keyingi matbuot anjumanida ishtirok eta olmadi, jurnalistlarning savollariga uning yordamchisi Bruno Saltor javob berdi.

«Tottenhem» ijtimoiy tarmoqlar orqali jamoa murabbiyiga hamdardlik bildirib, uning oilasini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.

Ma’lumot o‘rnida, ayni damda London jamoasi 30 ochko bilan Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida 17-o‘rinni egallab turibdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting