locale OZ

«Tottenhem» «Bornmut» himoyachisi Markos Senesi bilan kelishuvga erishdi

Tomonlar oʻrtasida 2030 yilga qadar moʻljallangan shartnoma imzolanadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Tottenhem» «Bornmut» himoyachisi Markos Senesi bilan kelishuvga erishdi
FOTO: Getty Images

Londonning «Tottenhem» klubi «Bornmut»ning 29 yoshli himoyachisi Markos Senesi bilan kelishuvga erishdi. Bu haqda taniqli jurnalist va insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, Senesi «Tottenhem» safiga erkin agent maqomida kelib qo‘shiladi va klub bilan 2030 yilga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzolaydi. Uning yillik maoshi 5 million yevroni tashkil etadi.

Senesi o‘z faoliyatini «Feyenoord» klubida boshlagan bo‘lib, u yerdan 2022 yilda 15 million yevro evaziga «Bornmut»ga ko‘chib o‘tgan edi. Argentinalik himoyachi klub safida jami 128 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ayni damda, Transfermarkt portali berayotgan ma’lumotlarga ko‘ra, Senesining bozor qiymati 22 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting