locale OZ

«Tottenhem» bir yil ichida uchinchi murabbiyni isteʼfoga chiqardi

Avvalroq Igor Tudor jamoani tark etgani eʼlon qilingandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Tottenhem» bir yil ichida uchinchi murabbiyni isteʼfoga chiqardi
FOTO: Getty Images

Londonning «Tottenhem» klubi o‘z rasmiy saytida jamoa bosh murabbiyi Igor Tudorning iste’foga chiqarilganini e’lon qildi. Bu «shporlar» qarorgohida so‘nggi bir yil ichidagi uchinchi murabbiy almashinuvidir.

Eslatib o‘tamiz, 2025 yilning iyun oyida London klubi 2023 yil iyulidan beri jamoada ishlab kelgan va jamoa bilan UEFA Yevropa Ligasida g‘olib chiqqan Angelos Postekogluni iste’foga chiqargan edi. Uning o‘rnini egallagan Tomas Frank esa joriy yilning fevral oyida jamoani tark etdi.

Igor Tudor 14 fevraldan buyon «Tottenhem»ni boshqarib kelayotgan edi. Uning qo‘l ostida jamoa 7 ta uchrashuvda 5 ta mag‘lubiyat qayd etdi. Ayni damda London klubi 30 ochko bilan APL turnir jadvalida 17-o‘rinni egallab turibdi va quyi ligaga tushib ketish zonasidan bor-yo‘g‘i bir ochko oldinda, xolos.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting