locale OZ

«Tottenhem» Bergvallni APLning ikki top-klubiga sotishdan bosh tortdi

«Shporlar» shvetsiyalik futbolchini oʻz tarkibida saqlab qolmoqchi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Tottenhem» Bergvallni APLning ikki top-klubiga sotishdan bosh tortdi
FOTO: Getty Images

«Tottenhem» klubi yanvar oyida yarimhimoyachi Lukas Bergvallni APLning ikki top-klubiga sotishdan bosh tortdi. Bu haqda The Athletic nashri xabar bermoqda.

Manbaning so‘zlariga ko‘ra, «Chelsi» va «Aston Villa» shvetsiyalik iqtidor egasini o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilgan, biroq «shporlar» har ikkala taklifni rad etgan.

Shunga qaramay, klub yozgi transferlar oynasida futbolchining sotuvi bo‘yicha variantlarni ko‘rib chiqishi mumkinligi aytilmoqda. Bergvallga Angliyadan tashqaridagi jamoalar ham qiziqish bildirmoqda.

Joriy mavsumda 26 ta uchrashuvda maydonga tushgan Lukas Bergvall o‘z hisobiga bitta gol va to‘rtta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi. Transfermarkt portali 20 yoshli futbolchining bozor qiymatini 40 million yevroga baholamoqda. Uning «Tottenhem» bilan shartnomasi 2031 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting