locale OZ

«Tottenhem» Balogun uchun 60 million yevro taklif qildi

Amerikalik hujumchining "Monako" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha mo'ljallangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Tottenhem» Balogun uchun 60 million yevro taklif qildi
ФОТО: Getty images

"Tottenhem" "Monako" hujumchisi Folaringa Balogunni transfer qilish bo'yicha fransuz klubiga 60 million yevro miqdorida taklif bilan murojaat qildi. Bu haqda L’Équipe xabar berdi.

Manbaga ko'ra, londonliklar 25 yoshli AQSH terma jamoasi hujumchisini qo'lga kiritish uchun kurashda peshqadamga chiqib oldi. "Tottenhem" bu borada "Nyukasl"dan o'zib ketgan. "Monako" esa futbolchini sotish bo'yicha muzokaralar olib borishga tayyor.

Balogun o'tgan mavsumda "Monako" safida barcha turnirlarda 43 ta uchrashuv o'tkazib, 19 ta gol va 5 ta golli uzatma qayd etdi.

Amerikalik hujumchining "Monako" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, uning bozor qiymati 50 million yevro atrofida baholanmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting